Tanzila Norboyeva XMT Xalqaro mehnat standartlari departamenti direktori bilan muzokara o‘tkazdi
Senat raisi Tanzila Norboyeva Shveytsariyaning Jyeneva shahrida o‘tkazilgan Xalqaro mehnat konferensiyasi 111-sessiyasi doirasida XMT Xalqaro mehnat standartlari departamenti direktori Korin Varga bilan muzokara o‘tkazdi.
Muloqot chog‘ida munosib mehnat sharoitlarini yaratish, mehnat sohasida inson qadr-qimmati va erkinliklarini himoya qilish, mazkur yo‘nalishda xalqaro standartlarni real va izchil joriy etish masalalari muhokama qilindi.
Suhbat davomida XMT va O‘zbekiston o‘rtasidagi bugungi munosabatlar mustahkam va ishonchga asoslangan holda rivojlanib borayotgani alohida ta’kidlandi.
— O‘zbekiston bilan ko‘p yillik hamkorlik natijasida olgan tajribamizdan bugungi kunda XMT shu kabi muammolarga duch kelayotgan boshqa davlatlar bilan muloqot o‘rnatishida samarali foydalanmoqda. Mamlakatingiz XMT uchun boshqa davlatlar, ayniqsa, Markaziy Osiyo mintaqasida o‘ziga xos namunali model bo‘la olishini alohida ta’kidlamoqchimiz, – dedi K.Varga.
Uchrashuv so‘ngida XMT konvensiyalarini ratifikatsiya qilish va ularning ijrosini ta’minlash yo‘nalishida hamkorlikni yanada kengaytirishga kelishib olindi.
Mavzuga oid
23:49 / 20.12.2024
O‘zbekistonning migratsiya siyosatini ishlab chiqishda Xalqaro mehnat tashkiloti ham ishtirok etadi
17:20 / 18.12.2024
Kelgusi yilda ta’lim va fan sohasiga 86,3 trln so‘m yo‘naltiriladi - Tanzila Norboyeva
17:36 / 10.12.2024
XMT Markaziy Osiyodagi ishsizlik darajasi bo‘yicha ma’lumot berdi
17:03 / 25.11.2024