O‘zbekiston | 08:21 / 19.06.2023
7509
1 daqiqa o‘qiladi

Chimyon tog‘i tepasida sog‘lig‘i yomonlashgan fuqaroga yordam ko‘rsatildi

Sog‘lig‘i yomonlashgan fuqaro Katta Chimyon tog‘ining dengiz sathidan 1800 metr balandligidan maxsus qutqaruv anjomlari yordamida pastga olib tushilgan.

Foto: FVV

Chimyon tog‘iga chiqib, to‘satdan sog‘lig‘i yomonlashgan fuqaroga FVV xodimlari tomonidan yordam berildi.

17 iyun kuni soat 11:30 da Toshkent viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga Bo‘stonliq tumanidagi Katta Chimyon tog‘iga sayr qilish maqsadida borgan 3 nafar fuqarodan birining kutilmaganda sog‘lig‘i yomonlashgani va ularga zudlik bilan yordam zarurligi haqida xabar kelib tushgan.

Xabarga asosan, Chimyon yong‘in-qutqaruv otryadining bir guruh qutqaruvchilari aytilgan manzilga yetib borib, qidiruv-qutqaruv ishlarini olib borgan. 

Qutqaruvchilarning sa’y-harakatlari natijasida sog‘lig‘i yomonlashgan fuqaro Katta Chimyon tog‘ining dengiz sathidan 1800 metr balandligidan maxsus qutqaruv anjomlari yordamida pastga sog‘-salomat olib tushilgan va tez tibbiy yordam xodimlariga topshirilgan.

Mavzuga oid