Jahon | 11:19 / 22.06.2023
7823
2 daqiqa o‘qiladi

AEXA: ZAESda xavfsizlik bilan bog‘liq holat nihoyatda beqaror

Zaporijjya atom elektr stansiyasi suv zaxiralarini to‘ldirishga va yadro xavfsizligini ta’minlash uchun zarur bo‘lgan tashqi energiya manbalarini ta’minlashga harakat qilmoqda, deyiladi AEXA bayonotida.

Foto: Picture Alliance

Zaporijjya atom elektr stansiyasi (ZAES) iyun oyi boshida Kaxovka GES portlashi natijasida Kaxovka suv ombori sayozlashganiga qaramay, haligacha mavjud bo‘lgan suvni nasos bilan ta’minlashni rejalashtirmoqda. Bu haqda Atom energiyasi bo‘yicha xalqaro agentlik bosh direktori Rafael Grossining 21 iyun, chorshanba kuni tashkilot saytida e’lon qilingan bayonotida aytiladi

Oxirgi ikki hafta davomida Yevropaning eng yirik atom elektr stansiyasi sovitish uchun zarur bo‘lgan suvni suv omboridan ajratilgan yaqin atrofdagi Zaporijjya issiqlik elektr stansiyasi (ZIES) kanalidan oldi. Shu munosabat bilan kanaldagi suv sathi kuniga 10 santimetrga pasaymoqda va ayni paytda 17 metrga yaqinni tashkil etmoqda. AEXAga ko‘ra, bu kanaldagi suv ko‘p haftalar davomida atom elektr stansiyasi reaktorlarini sovitishni ta’minlashi kutilmoqda.

«Zaporijjya AES imkon qadar suvni saqlab qolish va to‘ldirish bo‘yicha choralar ko‘rmoqda», deyiladi o‘tgan hafta yadro xavfsizligi bilan bog‘liq vaziyatni baholash uchun stansiyaga tashrif buyurgan Grossi bayonotida. 

Hujjatda ta’kidlanishicha, atom elektr stansiyasi suv ta’minoti muammosi bilan kurashar ekan, Ukrainaning mintaqada qarshi hujum o‘tkazayotgani haqidagi xabarlar ortidan harbiy vaziyat yanada keskinlashmoqda. Tashkilotga ko‘ra, AEXA may oyi oxirida BMT Xavfsizlik kengashida Grossi tomonidan bildirilgan harbiy mojaro paytida stansiyani himoya qilishning beshta asosiy tamoyillariga rioya etilishini nazorat qilish uchun Zaporijjya AESda o‘z ishtirokini kengaytirdi. 

Mavzuga oid