Shavkat Mirziyoyev AEXA bosh direktori bilan uchrashdi
Rafael Grossi O‘zbekistonga keldi va Samarqandda o‘tkaziladigan xalqaro konferensiyada ishtirok etadi.
Atom energiyasi bo‘yicha xalqaro agentlik (AEXA) bosh direktori Rafael Grossi ikki kunlik rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga keldi. Bu haqda «O‘zatom» agentligi matbuot xizmati xabar berdi.
Grossi prezident Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashdi. Uchrashuvda ikki tomonlama hamkorlikni tubdan kengaytirish va amaliy sheriklikning yangi yo‘nalishlarini ilgari surish istiqbollari atroflicha ko‘rib chiqildi.
Qayd qilinishicha, O‘zbekiston 1994 yildan buyon AEXA a’zosidir. Bu davr mobaynida ushbu nufuzli tashkilotning texnik ko‘magini jalb etgan holda 40 dan ortiq qo‘shma loyiha amalga oshirildi. Hozir milliy tuzilmalarning huquqiy bazasi va salohiyatini takomillashtirish, yadro fani, tibbiyotini rivojlantirish bo‘yicha va boshqa yo‘nalishlarda 5 ta loyiha amalga oshirilmoqda.
Davlat rahbari AEXA delegatsiyasi bugun O‘zbekiston vazirliklari, idoralari va ilmiy muassasalarida o‘tkazgan uchrashuv va tadbirlarning natijalarini yuqori baholadi.
Uchrashuv yakunida tinch atom sohasini rivojlantirish bo‘yicha ko‘p qirrali hamkorlikni kengaytirish yuzasidan qo‘shma «yo‘l xaritasi»ni qabul qilish yuzasidan kelishuvga erishildi.
Grossi 5 dekabr kuni Samarqandda bo‘lib o‘tadigan «Islom hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlarning barqaror rivojlanishida atom energiyasidan tinch maqsadlarda foydalanish istiqbollari: xalqaro va milliy tajriba» konferensiyasida ishtirok etadi. Ushbu anjumanning bosh hamkori Rossiyaning «Rosatom» davlat korporatsiyasi hisoblanadi.
Mavzuga oid
11:51 / 11.12.2024
AEXA Zaporijjya AESga ketayotgan avtomobilga dron zarbasi haqida ma’lum qildi
22:04 / 06.12.2024
Eron 4 ta yadro kallagi ishlab chiqarish uchun yetarli uranga ega - AEXA
13:26 / 25.11.2024
Yadro fizikasi institutida AEXA hamkorlik markazi tashkil etiladi
08:39 / 22.11.2024