O‘zbekiston | 09:27 / 23.06.2023
10712
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkentdan Chorvoqqa qatnovchi avtobus reyslari soni ko‘paytirildi

Qatnov masofasi 75 km bo‘lgan yo‘nalishda yo‘lkira narxi - 15 000 so‘m. Yo‘lovchilar belgilangan manzilga 1 soat 10 daqiqada yetib boradi.

Videodan kadr

Poytaxtdan Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumaniga grafik asosida qatnovchi avtobuslar harakati yo‘lga qo‘yilgan edi.

Avtobuslar «Mashinasozlar» metro bekati – Chorvoq» yo‘nalishida har kuni harakatlanadi.

Endilikda avtobuslar «Mashinasozlar» metro bekatidan soat 7:00, 10:00, 13:00 va 18:00 da jo‘naydi. Chorvoqdan esa 6:00, 11:00, 14:00, 16:00 va 18:00 da harakatlanadi.

Qatnov masofasi 75 km bo‘lgan yo‘nalishda yo‘lkira narxi - 15 000 so‘m. Yo‘lovchilar belgilangan manzilga 1 soat 10 daqiqada yetib boradi.

Mavzuga oid