Namanganda deputat kutubxona qurish uchun ajratilgan yerni 35 ming dollarga sotmoqchi bo‘lganida qo‘lga olindi
U xaridorga 4 sotix yerning hujjatlarini tuman kadastr palatasida ishlovchi tanishlari orqali rasmiylashtirib berishni va’da qiladi.
Chust tumanida yashovchi erkak shu yilning may oyi o‘rtalarida Pop tumani hududida alyumin eshik-rom sexi uchun bo‘sh yer maydoni izlab yurganida xalq deputatlari tuman kengashi deputati vazifasida ishlovchi shaxs bilan tanishib qoladi. Deputat unga Pop shahri markazida joylashgan, ilgari Pop tuman kutubxonasi faoliyat yuritgan 4 sotix yer maydoni bugungi kunda o‘ziga tegishliligini aytib, ushbu yer maydonini 35 ming dollarga sotish istagida ekanini bildirgan.
Xaridor hujjatlarda muammo bo‘lmasa yerni sotib olishini aytadi. Shunda deputat yerga egalik qilish haqidagi va boshqa hujjatlarni tuman kadastr palatasida ishlovchi tanishlari orqali rasmiylashtirib berishni va’da qiladi.
U xaridordan oldindan 10 ming dollar berib turishini, kelishilgan pulning qolgan qismini yerning hujjatlarini rasmiylashtirish davrida olishi ma’lum qiladi. Deputatning ushbu so‘zlari xaridorda shubha uyg‘otadi va u bu ishlar haqida Namangan viloyati IIB boshlig‘i nomiga ariza bilan murojaat qiladi.
Mazkur arizaga asosan Namangan viloyat IIB TQX Jinoyat-qidiruv boshqarmasi Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurash bo‘limi DXX viloyat boshqarmasi bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda xalq deputatlari Pop tumani kengashi deputati fuqarodan kimyoviy ishlov berilgan 10 ming dollarni olib, unga yer maydoniga tegishli bo‘lgan qaror nusxasini bergan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlanadi.
Tergovga qadar tekshiruv davomida ushbu yer maydoni deputatga kutubxona qurish uchun topshirilgani ma’lum bo‘ldi. Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Ayni paytda Pop tumani IIB huzuridagi tergov bo‘linmasi tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
17:50 / 19.12.2024
Abxaziya parlamenti oldida otishma yuz berdi. Bir deputat halok bo‘ldi
10:49 / 15.12.2024
Andijon va Navoiyda noqonuniy yer sotmoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi
10:06 / 24.11.2024
Halollik mukofoti: yo‘ldan topilgan 5 ming dollarni egasiga qaytargan haydovchi haqida hikoya
11:20 / 22.11.2024