O‘zbekiston | 09:22 / 30.06.2023
4813
2 daqiqa o‘qiladi

Xorijiy kapital ishtirokidagi korxonalar soni ko‘p bo‘lgan hududlar ma’lum qilindi

Qaysi hududda xorijiy kapital ishtirokidagi korxonalar soni ko‘pligi to‘g‘risida ma’lumot berildi.

2023 yilning 1 iyun holatiga ko‘ra, respublikada xorijiy kapital ishtirokida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalarning soni 12 807 tani tashkil etdi. 

Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, hududlar kesimida xorijiy kapital ishtirokida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar soni eng ko‘p Toshkent shahrida qayd etilgan – 8 176 ta.

Undan keyingi o‘rinlardan xorijiy kapital ishtirokida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar soni mos ravishda 1 417 ta va 537 ta bo‘lgan Toshkent viloyati hamda Samarqand viloyati joy oldi.

Ushbu ko‘rsatkich qolgan hududlar kesimida quyidagicha ko‘rinishda:

— Farg‘ona viloyati – 459 ta;
— Surxondaryo viloyati – 357 ta;
— Andijon viloyati – 312 ta;
— Buxoro viloyati – 298 ta;
— Namangan viloyati – 220 ta;
— Navoiy viloyati – 207 ta;
— Sirdaryo viloyati – 189 ta;
— Jizzax viloyati – 177 ta;
— Qashqadaryo viloyati – 171 ta;
— Qoraqalpog‘iston R. – 158 ta;
— Xorazm viloyati – 129 ta.

Mavzuga oid