Deputatlar hokimliklarga nisbatan ishonchsizlik bildirish huquqiga ega bo‘lishi taklif etildi
“Adolat” SDP nomzodi Robaxon Mahmudova o‘zining saylovoldi uchrashuvlarida mahalliy hokimliklar nazoratini kuchaytirishda deputatlar rolini oshirishni taklif qilmoqda.
“Adolat” sotsial demokratik partiyasidan prezidentlikka nomzod Robaxon Mahmudova mahalliy ijroiya hokimiyati organlari ustidan deputatlik nazoratini kuchaytirish orqali xalq deputatlari mahalliy Kengashlarining rolini oshirish taklifini ilgari surdi.
Ta’kidlanishicha, ushbu yo‘nalishda davlatda boshqaruv intizomini saqlab qolish maqsadida xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashlari deputatlari hokimlarga nisbatan ishonchsizlik bildirish huquqiga ega bo‘lishi kerak.
“Biz mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatini tartibga soluvchi qonunchilik hujjatlari to‘liq xatlovdan o‘tkazilib, takomillashtirilishini, mahalliy budjet mablag‘laridan samarali va oqilona foydalanishni ta’minlash uchun ushbu mablag‘lar hisobidan moliyalashtirilayotgan shtatlar sonini maqbullashtirish tashabbuslarini ilgari suramiz”, - dedi Robaxon Mahmudova.
Mavzuga oid
16:40 / 23.11.2024
Propan narxi keskin oshib ketgani yuzasidan mas’ul idoralarga deputatlik so‘rovi yuborildi
17:38 / 25.10.2024
Qarshida o‘qituvchilar va ta’lim sohasi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazildi
12:00 / 25.10.2024
Saylov yaqin, partiyalar nimalarni va’da qiladi? – Kun debati
15:00 / 17.10.2024