O‘zbekiston | 10:29 / 06.07.2023
6651
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston prezidenti saylovida muddatidan oldin ovoz berish jarayoni yakunlandi

Muddatidan oldin ovoz berish uchun 10 784 ta, jumladan mamlakatning 39 ta chet davlatlardagi diplomatik va boshqa vakolatxonalari huzurida 56 ta saylov uchastkalari tashkil etildi.

Foto: Kun.uz

Joriy yilning 28 iyun – 5 iyul kunlari O‘zbekiston prezidenti saylovida muddatidan oldin ovoz berish jarayoni bo‘lib o‘tdi.

Markaziy saylov komissiyasi ma’lumotiga ko‘ra, 1 iyul holatida muddatidan oldin ovoz berish imkoniyatidan 376 623 kishi foydalandi. Ulardan 101 031 nafari xorijda ovoz bergan.

Muddatidan oldin ovoz berish uchun 10 784 ta, shu jumladan mamlakatning 39 ta chet davlatlardagi diplomatik va boshqa vakolatxonalari huzurida 56 ta saylov uchastkalari tashkil etildi.

Mavzuga oid