O‘zbekiston va Qozog‘iston ikki tomonlama hamkorlik masalalarini ko‘rib chiqdi
Senat raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyev Qozog‘iston parlamenti Senati qo‘mitasi raisi Askar Shakirov bilan uchrashdi.
Parlament yuqori palatasi ma’lumotiga ko‘ra, prezidentlik saylovida xalqaro kuzatuvchi sifatida ishtirok etayotgan Askar Shakirov so‘nggi yillarda O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar, ayniqsa yaxshi qo‘shnichilik, parlamentlararo hamkorlik borasidagi ishlar yuzasidan o‘z munosabatini bildirdi.
Tomonlar muloqot davomida, shuningdek, Senat raisi Tanzila Norboyevaning Qozog‘istonga rasmiy tashrifi chog‘ida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish masalalarini ko‘rib chiqdi.
Savdo-iqtisodiy hamkorlikning asosiy yo‘nalishlari, Orol mintaqasidagi suv muammosini hal etish, suv resurslaridan oqilona foydalanish kabi masalalar, qo‘shma loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha takliflar muhokama qilindi.
Mavzuga oid
17:04 / 11.12.2024
Qozog‘istonda kuydirgi sababli chorva uchun majburiy karantin joriy etildi
16:39 / 02.12.2024
“Tashqi siyosat konsepsiyasi yopiq bo‘lishi mumkin emas” - Sodiq Safoyev
13:56 / 19.11.2024
Tanzila Norboyeva Senat raisi lavozimiga qayta saylandi
15:20 / 26.10.2024