Ukrainaga qaytgan «Azov» komandiri yana frontda jang qilmoqchiligini aytdi
8 iyul kuni Ukrainaga qaytgan «Azovstal» mudofaasi komandirlari yana harbiy harakatlarda ishtirok etmoqchi. Bu haqda Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy bilan Turkiyadan qaytib kelgan «Azov» polki komandiri Denis Prokopenko Lvivda jurnalistlarga ma’lum qildi.
«Ishonchim komilki, armiya — jamoaviy ishdir va biz bugungi kundan e’tiboran sizlar bilan birgalikda kurashni davom ettiramiz, biz jangda albatta o‘z so‘zimizni aytamiz. Eng asosiysi — ukrain armiyasi front chizig‘ida strategik tashabbusni qo‘lga olgan va har kuni biz olg‘a ilgarilayapmiz», degan u.
Jurnalistlarning «Azovstal» mudofaasi komandirlari frontga qaytadimi, deya bergan aniqlashtiruvchi savoliga Prokopenko shunday javob qaytargan: «Albatta. Biz shuning uchun Ukrainaga qaytdik. Bu bizning asosiy maqsadimiz».
«Biz qaytib keldik va buyog‘iga o‘z ishimizni davom ettiramiz. Biz harbiylarmiz, biz qasamyod qabul qilganmiz», — degan xuddi shu uchrashuvda «Azov» komandiri o‘rinbosari Svyatoslav Palamar.
- 8 iyul kuni «Azovstal» mudofaasining besh komandiri Turkiyada kuzatuv ostida o‘tkazilgan bir necha oydan keyin Ukrainaga qaytib keldi. Ular vatanga Ukraina prezidenti, shu kuni Turkiyaga tashrif buyurgan Volodimir Zelenskiy bilan birga qaytishdi.
- Bu harbiylar 2022 yil sentabrida Ukraina va Rossiya o‘rtasida amalga oshirilgan keng ko‘lamli asirlar almashinuvi doirasida Turkiyaga yuborilgandi. Zelenskiy almashuvdan keyin darhol kelishuv shartlariga ko‘ra komandirlar urush oxiriga qadar Turkiyada qolishi kerakligini aytgandi. RF va Turkiya bu shart yuzasidan rasman izoh bermagandi.
- Ukrain komandirlari vataniga qaytganidan keyin Kreml Anqara va Kiyevni kelishuvni buzishda aybladi. RF prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskovning aytishicha, «Azovstal» komandirlari qaytarilishi haqida Moskvani «hech kim xabardor qilmagan».
Mavzuga oid
14:45 / 26.12.2024
Zaxarova: Ukraina mustaqil ravishda yadro qurolini yaratishga qodir emas
11:53 / 26.12.2024
Zelenskiy Ukrainaning Germaniyadagi elchisini almashtirishga qaror qildi
08:05 / 26.12.2024
Bayden Pentagonga Ukrainaga qurol yetkazib berishni tezlashtirishni buyurdi
21:53 / 25.12.2024