O‘zbekiston | 18:01 / 10.07.2023
17265
1 daqiqa o‘qiladi

Qozog‘iston va O‘zbekiston o‘rtasidagi davlat chegarasini demarkatsiya qilish jarayoni yakunlandi

Davlat chegarasini demarkatsiya qilish jarayoni uchun 19 yil sarflandi.

Qozog‘iston va O‘zbekiston o‘rtasidagi davlat chegarasini demarkatsiya qilish jarayoni yakunlandi. Bu haqda Qozog‘iston Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Oybek Smadiyarov ma’lum qildi, deb xabar berdi Kazinform.

«2023 yil 4 iyulda Qozog‘iston Respublikasi va O‘zbekiston Respublikasi o‘rtasida Qozog‘iston-O‘zbekiston davlat chegarasini demarkatsiya qilish to‘g‘risidagi bitim kuchga kirdi. Bitim 2022 yil 2 dekabrda Toshkent shahrida ikki davlat rahbarlari tomonidan imzolangan va ikki davlat parlamentlari tomonidan ratifikatsiya qilingan. Mazkur kelishuvning kuchga kirishi Qozog‘iston va O‘zbekiston o‘rtasidagi davlat chegarasini demarkatsiya qilish bo‘yicha 19 yillik jarayon to‘liq yakunlanganini anglatadi», – dedi Oybek Smadiyarov brifingda.

Uzunligi 2357 km bo‘lgan chegara 1301 ta chegara belgisi bilan belgilangan va sakkiz ming sahifadan ortiq demarkatsiya hujjatida aks ettirilgan.

Mavzuga oid