Polshalik shifokorlar Gurjistonda Saakashvilini tekshiruvdan o‘tkazmoqda
Gurjiston hukumati yarim yildan so‘ng Yevropa Ittifoqi shifokorlariga hibsda saqlanayotgan sobiq prezident Mixail Saakashvilini ko‘rishga ruxsat berdi. Shifokorlar siyosatchini keng qamrovli tekshiruvdan o‘tkazishni boshladi.
Polshalik shifokorlar o‘z mamlakatida qamoqda saqlanayotgan Gurjiston sobiq prezidenti Mixail Saakashvili bilan uchrashish imkoniyatiga ega bo‘ldi. Polsha humanitar tibbiy yordam ittifoqi mutaxassislari mahbusni keng qamrovli tekshiruvdan o‘tkazishni boshladi, deb yozdi Polsha bosh vaziri Mateush Moravetskiy 12 iyul, chorshanba kuni Twitter’da.
Polsha shifokorlari Gurjistonga Yevropa Ittifoqi nomidan keldi, Saakashviliga tibbiy missiya yuborish qarori yarim yil avval Bryusselda qabul qilingan. «Olti oylik kechikishdan so‘ng hukumat nihoyat shifokorlarga Mixail Saakashvilini kasalxonada ko‘rishga ruxsat berdi. Ular uning ahvolini o‘rganib, keyin o‘z xulosalarini chiqaradi», - dedi AFP’ga siyosatchining advokati Dito Sadzaglishvili.
3 iyul kuni Mixail Saakashvili 2007 yildagi mitingni tarqatib yuborgani uchun ishni ko‘rayotgan sud majlisida video-aloqa orqali ishtirok etganidan so‘ng Gurjiston sobiq prezidentining sog‘lig‘i holatiga xalqaro e’tibor yana bir bor tortildi. Sudlanuvchi juda ozib ketgan.
O‘sha kuni Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy «Rossiya Ukraina fuqarosi Mixail Saakashvilini Gurjiston rasmiylari qo‘li bilan o‘ldirmoqda», deya Gurjistonni uni Ukrainaga davolanish uchun yuborishga chaqirdi va Tashqi ishlar vazirligiga Gurjiston elchisi Georgiy Zakarashvilini Tbilisida maslahatlashuvlar o‘tkazish uchun mamlakatni tark etishga taklif qilishni topshirdi. Oradan ko‘p o‘tmay, elchi Kiyevni tark etdi.
2023 yil aprel oyi boshida Mixail Saakashvili Amerikaning Politico nashriga yo‘llagan maktubida o‘zining shifoxonada o‘layotganini ta’kidlab, AQSh, Yevropa Ittifoqi va xalqaro hamjamiyatni «o‘z hayotini saqlab qolish uchun hamma narsani qilishga» chaqirgandi.
Mavzuga oid
11:31 / 23.12.2024
Zurabishvili: Gurjiston prezidenti va bosh qo‘mondoni bo‘lib qolaman
19:23 / 22.12.2024
Gurjiston bosh vaziri Kobaxidze prezident Zurabishviliga jinoiy javobgarlikka tortish bilan tahdid qildi
13:47 / 21.12.2024
Yevrokengash bosh kotibi: Tbilisi tashqi ta’sirga oid qonunni o‘zgartirishga va’da berdi
20:54 / 20.12.2024