Yevrokomissiya Gurjiston diplomatlari va amaldorlarini vizasiz rejimdan mahrum qilish taklifini ilgari surdi
Yevropa komissiyasi YeI kengashiga gurjistonlik davlat xizmatchilari, diplomatlar hamda ularning oila a’zolariga soddalashtirilgan viza rejimini to‘xtatishni taklif qildi.
Mazkur tashabbus Gurjiston hukumatining norozilik namoyishchilariga qarshi «shafqatsiz repressiyasiga» javob deya atalmoqda. Yevropa Ittifoqi va Gurjiston o‘rtasida qisqa muddatli safarlar uchun mo‘ljallangan vizasiz rejim 2017 yildan beri amalda.
«Ushbu qaror insonlar o‘rtasidagi aloqalarga salbiy ta’sir ko‘rsatmaydi, chunki oddiy pasportga ega Gurjiston fuqarolari Yevropa Ittifoqiga qisqa muddatga sayohat qilishda vizasiz imtiyozlardan foydalanishda davom etadi», — deyiladi Yevrokomissiya bayonotida.
Agar Yevroittifoq ushbu taklifni ma’qullasa, gurjistonlik diplomatlar va amaldorlar safarlar uchun olti oyda 90 kungacha viza olishlari kerak bo‘ladi.
YeI kengashining navbatdagi yig‘ilishi yanvar o‘rtalarida bo‘lib o‘tadi va unda ittifoqqa a’zo 27 ta davlatning tashqi ishlar vazirlari ishtirok etib, yuqoridagi taklifni ko‘rib chiqadi. Tashabbus qabul qilinishi uchun u bir ovozdan ma’qullanishi kerak.
2024 yil noyabrda hukmron «Gurjiston orzusi» partiyasi 2028 yilga qadar ittifoqqa qo‘shilish bo‘yicha muzokaralar jarayoni to‘xtatilganini ma’lum qildi. Shundan keyin Tbilisida norozilik namoyishlari boshlandi va ularni bostirish uchun kuch tuzilmalari vodomyot hamda ko‘zni yoshlantiruvchi gazlardan foydalandi. Bir qator davlatlar, jumladan, Buyuk Britaniya, Latviya, Litva, Estoniya va Ukraina gurjistonlik amaldorlarga qarshi sanksiyalar joriy etdi.
Mavzuga oid
19:23 / 22.12.2024
Gurjiston bosh vaziri Kobaxidze prezident Zurabishviliga jinoiy javobgarlikka tortish bilan tahdid qildi
13:47 / 21.12.2024
Yevrokengash bosh kotibi: Tbilisi tashqi ta’sirga oid qonunni o‘zgartirishga va’da berdi
15:32 / 20.12.2024
Britaniya Gurjiston IIV rahbariyatiga qarshi sanksiyalar kiritdi
15:08 / 19.12.2024