Dunyoda qashshoqlik chegarasida yashayotganlar soni ortib bormoqda
Koronavirus pandemiyasi va undan keyin yuzaga kelgan iqtisodiy notinchlik qashshoqlik chegarasidan pastda yashayotganlar sonini yana 165 millionga oshirdi, deya ma’lum qildi BMT.
BMT hisobotiga ko‘ra, so‘nggi yillarda dunyoda yana 165 million kishi qashshoqlik chegarasiga tushib qolgan. Birlashgan Millatlar Tashkilotining Taraqqiyot agentligi (BMTTD) xabariga ko‘ra, koronavirus pandemiyasi va undan keyin yuzaga kelgan iqtisodiy notinchliklar tufayli 2020 yildan beri bunday shaxslarning kunlik pul miqdori 3,65 AQSh dollari (taxminan 3,26 yevro) chegarasidan pastga tushdi. Umuman olganda, 1,65 milliardga yaqin odam qashshoqlik chegarasida yashaydi.
«Agar hukumatlar COVID-19 pandemiyasi sabab bo‘lgan inqiroz davrida ijtimoiy dasturlar va iqtisodiy rag‘batlantirish paketlarini ishga tushirmaganida bu ko‘rsatkich yanada yuqori bo‘lishi mumkin edi», dedi BMTTD rahbari, nemis diplomati Axim Shtayner. Biroq, kambag‘al mamlakatlar uchun bunday yordamning yuki ko‘pincha og‘ir bo‘lib, keng qamrovli ijtimoiy oqibatlarga olib keladi. «Kasalxonalarga shifokor va hamshiralarni yollay olmaydigan, qishloq vrachlik punktlarini dori-darmon bilan ta’minlay olmaydigan hukumat mamlakat ijtimoiy infratuzilmasini tubdan buzmoqda», dedi Shtayner. Bu tibbiy yordam hajmi kamayishi, ta’lim darajasi pastligi va odamlar oilalarini boqolmay qolganda ishini osonlashtirish uchun ijtimoiy xavfsizlik tarmoqlarining yo‘qligi demakdir, deydi nemis diplomati.
12 iyul kuni BMT dunyoning 52 davlati tashqi yordamsiz uddasidan chiqa olmaydigan qarz bo‘shlig‘ida ekani haqida ogohlantirdi. 2023 yilda dunyo bo‘ylab davlat qarzi rekord darajadagi 92 trillion dollarga (taxminan 82,5 trillion yevro) yetadi. Bu 2000 yilga nisbatan besh baravar ko‘p va ko‘rsatkichda kambag‘al mamlakatlar ulushi nomutanosib ravishda katta. Hisobotda aytilishicha, dunyo aholisining qariyb 40 foizi (3,3 milliard kishi) davlat kreditlari to‘lovlari sog‘liqni saqlash va ta’limga sarflanadigan xarajatlardan ko‘p bo‘lgan mamlakatlarda yashaydi.
Mavzuga oid
11:15 / 12.12.2024
O‘zbekiston xalqaro majburiyatlarni bajarish doirasida 530 dan ortiq fuqarosini Yaqin Sharqdan qaytardi
08:44 / 12.12.2024
Rosstat: Deyarli 12 mln rossiyalik qashshoqlik chegarasida yashayapti
18:38 / 11.12.2024
Markaziy Osiyoda odam savdosi ko‘rsatkichlari pasaymayapti – BMT
12:20 / 05.12.2024