O‘zbekiston | 11:55 / 18.07.2023
31071
2 daqiqa o‘qiladi

Jizzax viloyatining to‘rt tumaniga yangi prokuror tayinlandi

G‘allaorol, Mirzacho‘l va Do‘stlik tumanlari prokurorlari boshqa lavozimlarga o‘tkazilgan. Baxmal tumani prokurorining keyingi faoliyati bo‘yicha ma’lumot berilmagan.

Jizzax viloyatining bir qator tumanlarida prokuratura tizimida yangi lavozim tayinlovlari amalga oshirildi. Viloyat prokuraturasi xabariga ko‘ra, jami 5 ta yangi tayinlov kuzatilgan.

Bosh prokuror buyrug‘iga asosan 1-darajali yurist Sheroz Shavkatovich Abrayev Baxmal tuman prokurori lavozimiga tayinlandi. Sh.Abrayev tayinlovga qadar viloyat prokuraturasida bo‘lim boshlig‘i lavozimida ishlagan;

Sheroz Abrayev

Adliya maslahatchisi Ulug‘bek Mamanazarovich Shonazarov G‘allaorol tuman prokurori lavozimiga tayinlandi. U. Shonazarov tayinlovga qadar viloyat prokuraturasida bo‘lim boshlig‘i lavozimida ishlagan;

Ulug‘bek Shonazarov

Adliya kichik maslahatchisi Samandar Egamberdiyevich Razzoqov Do‘stlik tuman prokurori lavozimiga tayinlandi. S.Razzoqov tayinlovga qadar G‘allaorol tuman prokurori lavozimida ishlagan;

Samandar Razzoqov

Adliya kichik maslahatchisi Akbar Hosilbekovich Sakiyev Mirzacho‘l tuman prokurori lavozimiga tayinlandi. A.Sakiyev tayinlovga qadar Do‘stlik tuman prokurori lavozimida ishlagan;

Akbar Sakiyev

Bosh prokurorning buyrug‘iga asosan adliya maslahatchisi Jamshid Jumabayevich Qo‘shilov viloyat prokuraturasining ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va o‘rmon xo‘jaligi sohasidagi qonunchilik ijrosi ustidan nazorat bo‘limi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. J.Qo‘shilov tayinlovga qadar Mirzacho‘l tuman prokurori lavozimida ishlagan.

Jamshid Qo‘shilov

Mavzuga oid