O‘zbekiston va Ozarboyjon o‘zaro tovar ayirboshlash hajmini 1 mlrd dollarga yetkazmoqchi
Ozarboyjonning Shusha shahrida O‘zbekiston investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Qudratov va Ozarboyjon iqtisodiyot vaziri Mikail Jabborov raisligida O‘zbekiston va Ozarboyjon o‘rtasida hamkorlik bo‘yicha Hukumatlararo qo‘shma komissiyaning 12-yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, muloqotda ikki davlatning asosiy vazirliklari, idoralari, tarmoq birlashmalari, tijorat banklari va ta’lim muassasalari, shuningdek, diplomatik vakolatxonalari rahbarlari ishtirok etdi.
Qayd etilishicha, 2022 yilda mamlakatlar o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 1,5 barobar, joriy yil boshidan buyon esa bu ko‘rsatkich 16 foizga oshdi. Ozarboyjonga to‘qimachilik mahsulotlari yetkazib berish hajmi 2,6 barobar, mexanik uskunalar yetkazib berish 19,7 foiz, shisha va shisha buyumlar yetkazib berish 76 foizga oshdi. Yaqin yillarda o‘zaro tovar ayirboshlash hajmini 1 milliard dollarga yetkazish uchun ikki mamlakat iqtisodiyotlari yetarli salohiyatga ega ekani alohida ta’kidlandi.
Uchrashuvda energetika va transport sohalarida hamkorlikni kengaytirish, hududlararo, madaniy-humanitar aloqalarni rivojlantirish masalalari ham ko‘rib chiqildi.
Tadbir yakunlari bo‘yicha O‘zbekiston va Ozarboyjon o‘rtasidagi hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo qo‘shma komissiyaning 12-yig‘ilishi bayonnomasi hamda erishilgan kelishuvlarni mustahkamlovchi boshqa bir qator hujjatlar imzolandi.
Mavzuga oid
10:44 / 14.12.2024
GFRda XDI/XSIning ikki a’zosi Ozarboyjonga pora evaziga yordam berganlikda ayblanmoqda
14:22 / 08.12.2024
Ozarboyjonda mushkul vaziyatda qolgan O‘zbekiston fuqarosi vatanga qaytarildi
00:59 / 21.11.2024
Ozarboyjon 2025 yilgi mudofaa xarajatlarini oshiradi
14:26 / 13.11.2024