Jamiyat | 18:30 / 26.07.2023
19083
2 daqiqa o‘qiladi
Go‘sht mahsulotlarini sotish mumkin bo‘lmagan holatlar eslatildi
So‘yilishi ixtisoslashtirilgan va mini so‘yish korxonalarida amalga oshirilmagan go‘sht mahsulotlarini sotish taqiqlanadi.
O‘zbekiston qonunchiligida go‘sht mahsulotlarini sotish bo‘yicha me’yorlar «Ixtisoslashtirilgan so‘yish korxonalari faoliyatini tartibga solish hamda iste’mol bozoriga go‘sht va go‘sht mahsulotlarini yetkazib berish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Vazirlar Mahkamasi qarorida belgilab qo‘yilgan.
Jumladan, go‘sht mahsulotlarini sotish mumkin bo‘lmagan holatlar quyidagilar:
- so‘yilishi ixtisoslashtirilgan va mini so‘yish korxonalarida amalga oshirilmagan bo‘lsa;
- go‘sht va go‘sht mahsulotlarini tashish uchun belgilanmagan transport yordamida yetkazib berilgan bo‘lsa;
- tegishli veterinariya hujjatlari bo‘lmasa;
- veterinariya-sanitariya ekspertizasining xulosasi (ma’lumotnomasi) bo‘lmasa;
- oyoqlari va bosh qismi jun bilan birga bo‘lsa, shuningdek parranda va qushlarning patlari yulinmagan bo‘lsa;
- xona yoki ko‘cha haroratida ilgakka osilgan yoki yerga (ochiq rasta ustiga) ochiq holda qo‘yilgan holatda bo‘lsa;
- veterinariya-sanitariya jihatidan xavfsizligi kafolatlangan go‘shtlarning yagona elektron ma’lumotlar bazasiga kiritilmagan bo‘lsa.
Mavzuga oid
18:29 / 16.03.2024
Dronlarni qonunga xilof ravishda olib kirganlik uchun jazo yengillashtirildi
20:40 / 19.02.2024
Qonunchilikdagi barcha ziddiyat va noaniqliklar inson foydasiga talqin etilishi belgilandi
19:36 / 03.07.2023
«Amir Temur izdoshlari», «Jaloliddin Manguberdi vorislari» harbiy-sport musobaqalari o‘tkaziladi
21:40 / 07.06.2023