Sport | 15:26 / 30.07.2023
3664
1 daqiqa o‘qiladi

«Surxon» «konchilar»ni «Jar»da mag‘lub etgan o‘yindan fotojamlanma

Superliga 14-turining kutilmagan natijalaridan biri Toshkentda kuzatildi.

Foto: KUN.UZ

29 iyul kuni Mirjalol Qosimov murabbiyligidagi OKMK jamoasi «Jar» stadionida «Surxon»ni qabul qilib, 2-davrani mag‘lubiyat bilan boshladi. Sergey Tokov boshqaruvidagi nisbatan yosh tarkibga ega termizliklar ancha tajribali tarkibga ega bo‘lgan Olmaliq klubidan ustun keldi.

OKMK «Surxon»ga qarshi bahsda hisobni ochgan bo‘lsa-da, termizliklar 3ta gol bilan javob qaytarishdi. O‘yin yakunida olmaliqliklar yarimhimoyachisi Abdulla Abdullayev dublini rasmiylashtirgan bo‘lsa-da, bu jamoasini mag‘lubiyatdan qutqarish uchun yetarli bo‘lmadi – 2:3. OKMK turnir jadvalida 5-o‘rinda qoldi, «Surxon» 22 ochko bilan 6-o‘ringa ko‘tarildi.

Tribuna.uz fotomuxbiri Hasan Yusupov mazkur bellashuvdan fotojamlanma tayyorladi.

Mavzuga oid