Toshkent metrosidan foydalanuvchilar soni 22,8 foizga oshdi
Poytaxtda metropoliten tarmog‘i kengayib, bekatlar soni 48 taga yetgani natijasida undan foydalanuvchilar soni ko‘paydi.
Toshkent metropolitenidan 2023 yilning dastlabki 6 oyida umumiy hisobda 81 mln 281 mingdan ortiq yo‘lovchi foydalangan. Bu haqida Transport vazirligi xabar berdi.
Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 22,8 foizga ko‘p. 2022 yilning shu davrida metropoliten 62,8 mlndan ortiq yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatgan.
Ma’lumot uchun, hozirda Toshkent metropoliteni tarmog‘i 66,74 kmga, bekatlari soni esa 48 taga yetgan. Yerusti metrosi qurilishining ikkinchi bosqichi to‘liq yakunlanishi bilan Toshkent metropolitenining uzunligi 70 kilometrdan ortishi, bekatlar esa 50 ta bo‘lishi kutilmoqda.
Shuningdek, Toshkent metropoliteni yil oxirigacha Rossiyadan 56 ta yangi vagon (14 ta tarkib) qabul qilib olishi belgilangan.
Avvalroq Toshkent avtobuslari 2023 yilning may oyida 782 mingdan ortiq yo‘lovchi tashigani, bu esa 2022 yilning shu davriga nisbatan 63 foizga ko‘p ekanligi qayd etilgandi.
Mavzuga oid
10:44 / 17.12.2024
Toshkent metrosi ilk marta bir kunda 1 mln yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatdi
14:10 / 23.10.2024
Aviakompaniyalardan yo‘lovchilarning 200 mln so‘mga yaqin puli undirib berildi
12:10 / 10.10.2024
O‘zbekiston aeroportlarida yo‘lovchi tashish hajmi 33 foizga oshdi
14:37 / 08.10.2024