Toshkentda maktab hududida yong‘in sodir bo‘ldi
Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan maktabda yong‘in sodir bo‘ldi. Favqulodda vaziyatlar vazirligi hodisa bo‘yicha rasmiy ma’lumot taqdim etdi.
Bugun, 2 avgust kuni soat 11:43 da Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumani Istiqlol ko‘chasida joylashgan 50-sonli maktabning 2-qavatida yong‘in sodir bo‘layotgani to‘g‘risida FVBga xabar tushgan.
Shunga ko‘ra, 2 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 11:49 da voqea joyiga yetib borib, yong‘in soat 11:52 da o‘rab olingan va soat 12:00 da o‘chirilgan.
Yong‘in natijasida 2-qavatning taxminan 10 kvadrat metr maydonida ichki jihozlari yonib zararlangan.
Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q. Yong‘in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.
Mavzuga oid
15:24 / 10.01.2025
Engelsda neft bazasidagi yong‘inni ikki kundan beri o‘chirishning iloji bo‘lmayapti
11:12 / 09.01.2025
Los-Anjyeles yaqinidagi o‘rmon yong‘inlarida ikki kishi halok bo‘ldi
07:40 / 06.01.2025
Bektemirdagi uylarning birida yong‘in sodir bo‘ldi
01:01 / 06.01.2025