O‘zbekiston | 09:46 / 03.08.2023
3140
1 daqiqa o‘qiladi

Dushanbeda O‘zbekiston-Tojikiston demarkatsiya komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

30 iyul kuni Dushanbe shahrida O‘zbekiston-Tojikiston qo‘shma demarkatsiya komissiyasi ishchi guruhlarining navbatdagi yig‘ilishi o‘z ishini yakunladi.

TIV ma’lumotiga ko‘ra, 24-30 iyul kunlari bo‘lib o‘tgan uchrashuvda O‘zbekiston-Tojikiston davlat chegarasining loyiha demarkatsiya chizig‘idan o‘tish masalalari muhokama qilindi.

Tadbir yakunida tegishli bayonnoma imzolandi. Navbatdagi uchrashuv O‘zbekiston hududida bo‘lib o‘tadi.

19-25 iyun kunlari Qarshi shahrida O‘zbekiston-Tojikiston qo‘shma demarkatsiya komissiyasi ishchi guruhlarining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tgan edi. Unda O‘zbekiston-Tojikiston davlatlararo chegarasining loyiha demarkatsiya chizig‘idan o‘tish masalalari muhokama qilindi.

Mavzuga oid