O‘zbekiston va Pokiston o‘rtasida harbiy-texnikaviy hamkorlik bitimi tasdiqlandi
Pokiston bilan harbiy-texnikaviy sohada hamkorlik qilinadi.
Prezident tomonidan imzolangan qonun bilan O‘zbekiston hamda Pokiston hukumatlari o‘rtasida harbiy-texnikaviy sohada hamkorlik to‘g‘risidagi bitim (Islomobod, 2022 yil 3 mart) ratifikatsiya qilindi.
Bitimning asosiy maqsadi - teng huquqlilik va o‘zaro manfaatdorlik tamoyili asosida ikki mamlakat o‘rtasida harbiy-texnikaviy sohada hamkorlikni yanada rivojlantirish.
Ratifikatsiya qilingan bitim O‘zbekiston va Pokiston o‘rtasidagi harbiy-texnikaviy sohadagi hamkorlik ikki davlat qurolli kuchlarining mudofaa salohiyatini yanada oshirish va mintaqaviy xavfsizlik asoslarini mustahkamlashga xizmat qiladi.
Bitim ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirishga yangi turtki beradi va davlatlar o‘rtasidagi strategik hamkorlikni yanada mustahkamlashga hissa qo‘shadi.
Mavzuga oid
15:02 / 23.12.2024
O‘zbekiston Pokistonning "Gvadar" portidan foydalanish imkoniyatini o‘rganyapti
11:16 / 23.12.2024
Pokistondan olib kirilgan mandarin partiyasida zararkunanda borligi aniqlandi
00:15 / 22.12.2024
Pokistonda Imron Xonning 25 nafar tarafdoriga hukm o‘qildi
14:56 / 19.12.2024