O‘zbekiston | 09:00 / 10.08.2023
8966
3 daqiqa o‘qiladi
Reklama

Mobiuz kompaniyasining VoLTE texnologiyasi endi butun O‘zbekiston bo‘ylab ishlamoqda

VoLTE ovozli aloqa uchun yangi imkoniyatlarni ochib bermoqda. Jumladan, abonentlar bir lahzada qo‘ng‘iroq qilib tushish va yuqori sifatli ovoz uzatishdan foydalanishlari mumkin.

Foto: Mobiuz

Mobil qurilmalar yetkazib beruvchilarning global assotsiatsiyasi (GSA,) so‘nggi hisobotiga ko‘ra, dunyoda 293 ta uyali aloqa operatori VoLTEʼga sarmoya kiritmoqda va 238 tasi ushbu xizmatni ishga tushirgan. Mobiuz mobil aloqa operatori O‘zbekistonda 4G LTE tarmoqlarida VoLTEʼni joriy qilgan yagona operatordir.

VoLTE bu — operatorlar tomonidan qo‘ng‘iroqlar va abonentlar ovozlarini uzatish usuli. Buning uchun to‘rtinchi avlod tarmoqlari imkoniyatlaridan foydalaniladi. Ya’ni qo‘ng‘iroqlarni amalga oshirishda telefon oddiy holatda bo‘lgani kabi 3G/2Gʼga o‘tmaydi, balki 4G LTEʼda ishlaydi.

Bu abonentlarga bir qancha imtiyoz beradi.

Birinchidan, VoLTEʼdan foydalanganda ovoz sifati yaxshilanadi, chunki u yuqori tiniqlikdagi ovoz uzatishni qo‘llab-quvvatlaydi. Telefon orqali suhbat qurayotgan insonlar o‘zlarini xuddi yuzma-yuz gaplashayotgandek his qiladi. Bunga atrofdagi shovqinni kamaytirish va tovush sifatini yaxshilash orqali erishiladi.

Mobiuz o‘zining Telegram-kanalida oddiy qo‘ng‘iroq va VoLTE orqali qo‘ng‘iroq qilish o‘rtasidagi farqni namoyish qildi.

Ikkinchidan, VoLTE orqali qo‘ng‘iroq qilganda deyarli bir zumda signal ketadi. Abonent raqamini tergandan bir necha soniya o‘tgach qo‘ng‘iroq gudoklarini eshitish mumkin. Agar xizmat o‘chirilgan bo‘lsa, smartfon avval 3G/2G tarmoqlariga o‘tadi, so‘ngra qo‘ng‘iroqqa ishlov beradi. Bu ulanish vaqtini uzaytiradi hamda smartfon batareya sarfiga ta’sir qilishi mumkin.

Kompaniya ushbu afzallikni maxsus videoreportajda ko‘rsatib bergan.

Uchinchidan, qo‘ng‘iroq paytida 4G LTE mobil internetidan foydalanish mumkin.

Xizmat O‘zbekiston bo‘ylab ishga tushirilishi munosabati bilan Mobiuz VoLTEʼga ulanish shartlarini sezilarli darajada soddalashtirdi. Buning uchun kompaniya abonenti bo‘lish, 4G LTE qo‘llab-quvvatlovchi smartfonga ega bo‘lish va Mobiuz mobil ilovasida xizmatni faollashtirish kifoya. Bir qator smartfonlarda xizmat qurilma sozlamalaridan ham yoqilishi kerak.

VoLTEʼdan foydalanish bepul. U Mobiuz korporativ mijozlari uchun ham amal qilmoqda.

Mobiuz maxsus Telegram-hamjamiyatida VoLTE va boshqa mobil xizmatlarga oid barcha savollarga javob beradi.

Mavzuga oid