O‘zbekiston | 22:55 / 11.08.2023
8877
1 daqiqa o‘qiladi

IIO narkologik kasalliklarga chalinganlarni majburiy davolashga yo‘naltirishi mumkin 

Prezident tomonidan «Narkologik kasalliklar profilaktikasi va ularni davolash to‘g‘risida»gi qonunga o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritildi.

Foto: Getty Images

Hujjatga muvofiq, ichki ishlar organlariga narkologik kasalliklarga chalingan shaxslarni majburiy tartibda davolashga yuborish to‘g‘risidagi hujjatlarni rasmiylashtirish vakolati berildi. 

Hujjatlar narkologiya muassasalari, oila a’zolari iltimosiga ko‘ra, shuningdek ichki ishlar organlarining o‘z tashabbusi bilan (oila a’zolarini xabardor qilgan holda) ichki ishlar organlari tomonidan tayyorlanib, rasmiylashtiriladi. 

Ichki ishlar organlari shaxsni ekspertizadan o‘tkazish uchun uning yashash joyi bo‘yicha narkologiya dispanseriga yetkazadi. 

Tibbiy ekspertiza xulosasiga ko‘ra, ichki ishlar organlari to‘plangan hujjatlarni shaxsni yashash joyida yoki narkologiya dispanseri joylashgan hududdagi sudga kiritadi. 

Shaxsni majburiy tartibda davolashga yuborish masalasi sud tomonidan hal qilinadi.

Mavzuga oid