Havayidagi yong‘inlar qurbonlari soni 67 kishiga yetdi
Yong‘in qurbonlari soni ko‘proq bo‘lishi mumkin, chunki qutqaruvchilar hali yonib ketgan binolarni ko‘zdan kechirishni boshlamagan, deb xabar berdi mahalliy hokimiyat.
Havayidagi Maui orolida sodir bo‘lgan o‘rmon yong‘inlari kamida 67 kishining hayotiga zomin bo‘ldi, deb xabar berdi 11 avgust, juma kuni mahalliy hukumat.
Shahar meri Richard Bissenning so‘zlariga ko‘ra, qutqaruvchilar hali ham jasadlari ko‘chada topilgan halok bo‘lganlar sonini aniqlashtirmoqda, favqulodda xizmatlar hali yonib ketgan binolarni tekshirishni boshlamagan. Qutqaruvchilar yong‘inni o‘chirishda davom etmoqda. Yong‘in 1900 kvadrat metr maydonni qamrab olgan. 11 mingga yaqin odam elektr energiyasiz qoldi.
Havayi tarixidagi eng yirik tabiiy ofatlardan biri
Maui orolidagi yong‘inlar 8 avgust kuni boshlangan. Rasmiylarga ko‘ra, yong‘inning tez tarqalishi arxipelagdan janubga yo‘l olgan «Dora» to‘foni bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Tezligi 130 km/soatgacha bo‘lgan kuchli shamol tufayli alanga tez tarqaldi, ogohlantirish tizimlari to‘g‘ri ishlamadi. Yong‘inlarning aniq sabablari hozircha aniqlanmagan.
AQSh prezidenti Jo Bayden 10 avgust kuni Havayini tabiiy ofat hududi deb e’lon qildi va arxipelagning jabrlangan hududlariga federal yordam ajratishga chaqirdi. Mahalliy hukumat hozirgi yong‘inlarni orollar tarixidagi eng dahshatli tabiiy ofatlardan biri deb atamoqda. Zararni bartaraf etish uchun ko‘p yillar va milliardlab dollar kerak bo‘ladi, deya ma’lum qildi ular.
Mavzuga oid
21:23 / 21.12.2024
Farg‘onadagi sexda yuz bergan yong‘in oqibatida bir kishi halok bo‘ldi
08:45 / 20.12.2024
Toshkentda yana bir yo‘lovchi avtobusida yong‘in chiqdi
23:26 / 18.12.2024
Toshkentda avtobus yonib ketdi
15:29 / 17.12.2024