O‘zbekiston | 08:01 / 19.08.2023
1966
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda yil boshidan buyon ishbilarmonlik faolligining maksimal o‘sishi qayd etildi

Hududlar kesimida Qashqadaryo viloyatida eng yuqori o‘sish sur’ati qayd etilgan.

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi tomonidan baholangan Ishbilarmonlik faolligi indeksi (IFI) 2023 yil iyul oyida 1218 birlikni tashkil etib, iyun oyiga nisbatan 21,8 foizga oshgan. 

Ma’lum qilinishicha, komponentlar darajasida quyidagi o‘zgarishlar bo‘lgan:

  • xo‘jalik yurituvchi sub’yektlarning bank hisobvaraqlaridagi operatsiyalar soni 5,3 foizga oshgan;
  • faoliyat ko‘rsatayotgan xo‘jalik yurituvchi sub’yektlar bo‘yicha komponent deyarli o‘zgarmagan;
  • tovar-xomashyo birjasida xomashyo sotib olish jadalligi 48 foizga sezilarli oshgan;
  • tovar belgilari bo‘yicha komponent 25 foizga oshgan.

Hududlar kesimida Qashqadaryo viloyatida eng yuqori o‘sish sur’ati qayd etilgan.

Mavzuga oid