O‘zbekiston | 15:55 / 23.08.2023
5660
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston qiymati 672,9 mln dollarlik meva-sabzavotlarni eksport qildi

Bu ko‘rsatkich 22,4 foizga ko‘paydi va jami eksportdagi ulushi 4,5 foizni tashkil etdi.

Foto: Kun.uz

Statistika agentligining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, 2023 yil yanvar-iyul oylarida O‘zbekiston 1,1 mln tonna meva-sabzavot eksport qildi.

Bu ko‘rsatkich 2022 yil mos davriga nisbatan 1,2 barobarga yoki 153,8 ming tonnaga ko‘paygan.

O‘zbekiston meva-sabzavot mahsulotlarining asosiy eksport bozorlari Rossiya (41,8 foiz), Pokiston (14,6 foiz), Qozog‘iston (12,0 foiz) hamda Qirg‘iziston (9,1 foiz) hissasiga to‘g‘ri kelgan.

2023 yil yanvar-iyul oylarida xorijga qiymati 672,9 mln AQSh dollarlik meva-sabzavotlar eksport qilindi. Bu ko‘rsatkich 2022 yil mos davriga nisbatan 22,4 foizga ko‘paydi va jami eksportdagi ulushi 4,5 foizni tashkil etdi.

Mavzuga oid