O‘zbekiston | 08:16 / 04.09.2023
3862
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda Niderlandiya sug‘orish usullari va hosil yig‘ish texnologiyalari joriy etilishi mumkin

Haaga shahrida O‘zbekiston-Niderlandiya siyosiy maslahatlashuvlari o‘tkazildi.

2023 yil 30 avgust kuni Haaga shahrida O‘zbekiston va Niderlandiya o‘rtasida siyosiy maslahatlashuvlarning ikkinchi raundi bo‘lib o‘tdi, deb xabar qiladi “Dunyo”.

Foto: Dunyo AA

Tadbir davomida siyosiy, savdo-iqtisodiy, turizm, madaniy-humanitar va parlamentlararo munosabatlarni jadallashtirish, hamkorlikning shartnomaviy-huquqiy asoslarini va sarmoyaviy aloqalarni kengaytirish, xalqaro institutlar doirasidagi sa’y-harakatlarni muvofiqlashtirish bo‘yicha takliflar ko‘rib chiqildi.

Muzokaralar chog‘ida tashqi savdo aylanmasini oshirish, uning tarkibini diversifikatsiya qilish, Niderlandiya kompaniyalari va uyushmalari bilan birgalikda investitsiya loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar tahlil qilindi.

Tomonlar qishloq xo‘jaligi sohasidagi hamkorlikni kengaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratdi. Niderlandiyaning samarali sug‘orish usullari va hosil yig‘ishning yangi texnologiyalarini O‘zbekistonda joriy etish orqali ekinlar hosildorligini oshirish masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuvda mintaqaviy va xalqaro kun tartibining ayrim masalalari ham ko‘rib chiqildi.

O‘zbekiston va Niderlandiya o‘rtasida siyosiy maslahatlashuvlarning ilk raundi 2015 yilda Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan.

Mavzuga oid