O‘zbekiston | 11:16 / 06.09.2023
6017
1 daqiqa o‘qiladi

Prezident maxsus vakili Britaniyaning Afg‘oniston bo‘yicha aksilterror kompaniyasi rahbari bilan uchrashdi

Afg‘onistondagi mavjud vaziyat yuzasidan fikr almashildi.

O‘zbekiston prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Ismatulla Ergashev kecha Buyuk Britaniyaning Afg‘oniston bo‘yicha aksilterror kompaniyasi rahbari Bxavik Shah bilan uchrashdi.

TIV ma’lumotiga ko‘ra, Afg‘onistondagi mavjud vaziyat, afg‘on xalqiga humanitar yordam ko‘rsatish, ushbu mamlakat milliy iqtisodiyotini tiklash borasida jahon hamjamiyatining sa’y-harakatlarini faollashtirish masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Bxavik Shah Afg‘oniston bo‘yicha mintaqaviy yaxlit pozitsiyani shakllantirishda O‘zbekistonning muhim roli, mintaqa davlatlariga terrorizm tahdidlari kirib kelishining oldini olish borasida mamlakat sa’y-harakatlarini ta’kidladi.

Mavzuga oid