Xalqaro moliya korporatsiyasi Markaziy Osiyo bo‘yicha eng ko‘p O‘zbekistonga sarmoya yo‘naltirdi
2023 yilning o‘tgan davrida mamlakatga ajratilgan mablag‘lar hajmi 1,56 mlrd dollarni tashkil etgan.
Joriy yilning o‘tgan davrida Xalqaro moliya korporatsiyasi Markaziy Osiyodagi loyihalarga 1,6 mlrd dollardan ortiq mablag‘ yo‘naltirdi.
Mintaqa bo‘yicha Xalqaro moliya korporatsiyasining eng yirik portfeli O‘zbekistonga to‘g‘ri keladi - 2023 yili 1,56 mlrd dollar sarmoya kiritilgan. Bu korporatsiyaning 1993 yilda mamlakatda faoliyat boshlaganidan buyon eng yuqori ko‘rsatkichdir.
Shundan 49 mln dollar O‘zbekistondagi birinchi Zarafshon shamol elektr stansiyasini moliyalashtirishga yo‘naltirilgan, stansiya 2025 yili foydalanishga topshirilishi kutilmoqda.
Bundan tashqari, Xalqaro moliya korporatsiyasi Sirdaryo viloyatida IES qurilishi uchun 150 mln dollar ajratib, 1 mlrd dollardan ortiq xususiy moliyalashtirishni jalb qilishga yordam berdi.
Avvalroq O‘zbekiston Xalqaro moliya korporatsiyasi bilan investitsiya qonunchiligini yangilashi ma’lum qilingandi. U mamlakatda xususiy sektorning maxsus iqtisodiy zonalarni tashkil etish va faoliyatida ishtirok etishiga imkon beruvchi normalarni joriy etishga yordam beradi.
Mavzuga oid
22:00 / 30.11.2024
Rubl va so‘m dollarga nisbatan qadrsizlandi, neft narxi yana arzonlashyapti – xalqaro moliya bozori sharhi
11:40 / 10.11.2024
Oltin va kumush arzonlashdi, Bitcoin narxi keskin oshdi - xalqaro moliya bozori sharhi
12:10 / 20.10.2024
Dollar mustahkamlandi, Bitcoin va oltin narxi keskin qimmatlashdi - xalqaro moliya bozori sharhi
20:06 / 18.10.2024