O‘zbekiston | 13:34 / 11.09.2023
31753
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda bir qator poyezdlar harakati bekor qilinmoqda

13, 14, 15 sentabr kunlari qator poyezdlar harakati texnik sabablarga ko‘ra bekor qilinadi.

Foto: Kun.uz

13, 14, 15 sentabr kunlari O‘zbekistonda bir qator yo‘lovchi poyezdlar harakati texnik sabablarga ko‘ra bekor qilinadi

«O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi» xabariga ko‘ra, 13 sentabr kuni 4-sonli Toshkent-Qarshi yo‘nalishi, 14 sentabr kuni quyidagi yo‘nalishlarda poyezdlar harakatlanmaydi:

  • 3-sonli Qarshi-Toshkent;
  • 4-sonli Toshkent-Qarshi;
  • 80-sonli Toshkent-Termiz;
  • 79-sonli Termiz-Toshkent;
  • 682-sonli Qumqo‘rg‘on-Sariosiyo;
  • 681-sonli Sariosiyo-Qumqo‘rg‘on;
  • 16/15-sonli Toshkent-Qarshi-Toshkent.

15 sentabr kuni 3-sonli Qarshi-Toshkent yo‘nalishi bekor qilinadi.

Shu kunlarga sotilgan chiptalar summasi to‘liq qiymatda qaytariladi.

14 sentabr kuni 760-sonli Toshkent-Qarshi yo‘nalishida poyezd Toshkent bekatidan Samarqand, 759-sonli Qarshi-Toshkent yo‘nalishida esa Samarqand bekatidan Toshkent bekatigacha harakatlanadi.

Mavzuga oid