Toshkentda elektrobus va yengil avtomobil ishtirokida YTH sodir bo‘ldi
Yo‘l-transport hodisasi oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q, elektrobus va yengil avtomobil texnik shikastlangan.
Mirobod tumanida Yutong rusumli elektrobus va yengil avtomobil ishtirokida yo‘l-transport hodisasi qayd etildi.
Joriy yilning 15 avgust kuni soat 09:23 da, «1-Avtobus saroyi» filiali tasarrufidagi Yutong rusumli, 13T-sonli «Shimoliy vokzal - Suvsoz mavzesi» yo‘nalishda harakatlanayotgan, haydovchi S.S boshqaruvidagi elektrobus ishtirokida YTH kuzatildi.
«Toshshahartransxizmat» xabariga ko‘ra, elektrobus Mirobod tumani Sayxun ko‘chasidan svetoforning yashil chirog‘ida harakatlanib ketayotgan vaqtda, «Elektroapparat» qarshisida oldidan «Nexia» rusumli yengil avtomobil chiqib qolishi oqibatida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.
Mazkur yo‘l-transport hodisasi natijasida tan jarohati olganlar yo‘q, elektrobus va yengil avtomobil texnik shikastlangan.
Hozirda ushbu yo‘l-transport hodisasi Toshkent shahar IIBB YHXB xodimlari tomonidan o‘rnatilgan tartibda rasmiylashtirilgan.
7 sentabr kuni poytaxtning Bektemir tumanida harakatlanib ketayotgan elektrobus avtomobillarning xalal bergani sabab beton ustunga urilgan, oqibatda uning ichidagi 6 nafar inson jarohatlangandi.
Mavzuga oid
19:07 / 18.12.2024
Samarqandda avtobus piyodani urib yubordi
13:20 / 17.12.2024
Rossiyadagi YTHda 5 nafar o‘zbekistonlik vafot etdi
21:02 / 12.12.2024
Yangiyo‘lda 5 bolani bosib ketib, ikki nafarining o‘limiga sababchi bo‘lgan haydovchi axloq tuzatish jazosini oldi
07:20 / 12.12.2024