O‘zbekiston | 17:33 / 18.09.2023
34513
1 daqiqa o‘qiladi

Ekologlarning kuchi bitta echki va uning egasiga yetdi

Navoiyda ekologlar echkisi daraxt ko‘chatiga arzimas shikast yetkazgan kishini jarimaga tortdi. Unga 1 mln 650 ming so‘m jarima yozilib, 990 ming so‘m tabiatga yetkazilgan zarar hisoblangan.

Foto: Navoiy viloyati Ekologiya boshqarmasi

Navoiy viloyatining Tomdi tumanida yashovchi kishi echkisining “beboshligi” ortidan 2,6 mln so‘mga tushdi. Bu haqda viloyat Ekologiya boshqarmasi xabar bergan

Ma’lum qilinishicha, Tomdi tumani Ekologiya bo‘limi davlat inspektorlari hamda Milliy gvardiya xodimlari hamkorligida reyd tadbirlari o‘tkazilgan. Jarayonda fuqaro S.T.ga tegishli bo‘lgan bir bosh echki Sharq ovulida joylashgan “Sharq bog‘dorchilik” shirkati hududida bir tup daraxt ko‘chatiga o‘sishdan to‘xtamaydigan darajasida shikast yetkazgani aniqlangan. Daraxt ko‘chati kuz mavsumida o‘tqazilgan bo‘lgan.

Holat yuzasidan fuqaroga nisbatan MJtKning 79-moddasi 1-qismi bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan hamda 1 mln 650 ming so‘m jarima va 990 ming so‘m tabiatga yetkazilgan zarar belgilangan.

Mavzuga oid