O‘zbekiston | 09:46 / 22.09.2023
12404
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda qidiruvda bo‘lgan shaxslar kuzatuv kameralari orqali qo‘lga olinmoqda

Milliy gvardiya xodimlari jinoyat sodir etgani uchun qidiruvga berilgan besh nafar shaxsni kuzatuv kameralari orqali aniqladi va qo‘lga oldi.

Foto: AP

Toshkent shahar Yakkasaroy tumanidagi mehmonxonalardan birida qo‘riqlash bo‘limi xodimlari poytaxt IIBB xodimlari bilan hamkorlikda 43 yoshli M.A.ni qo‘lga oldi

“Yangi O‘zbekiston” nashrining yozishicha, u Jinoyat kodeksining 167-moddasi, ya’ni o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilishda gumon qilinib, qidiruvga berilgan.

Yashnobod tumanidagi masjidda firibgarlikda gumon qilinib, qidiruvda bo‘lgan 49 yoshli K.M., Buxoro dehqon bozorida ham qidiruvda bo‘lgan 43 yoshli fuqaro X.O. qo‘lga olingan.

Olmazor tumanidagi “Korzinka” supermarketi yonida qo‘riqlash xizmati xodimlari tomonidan firibgarlik sodir etgani uchun qidiruvda bo‘lgan T.S. ham ushlangan.

Yunusobod tumanida tezkor guruh xodimlari tomonidan joriy yilning avgust oyidan buyon huquq-tartibot idoralaridan yashirinib kelayotgan 21 yoshli fuqaro K.G‘. qo‘lga olindi.

Mavzuga oid