O‘zbekiston | 18:32 / 26.09.2023
10597
1 daqiqa o‘qiladi

BYD O‘zbekistonga elektrobuslar yetkazib beradi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 26 sentabr kuni Xitoyning yirik avtomobil ishlab chiqaruvchisi BYD kompaniyasi asoschisi hamda prezidenti Van Chuanfuni qabul qildi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi. 

Foto: Prezident matbuot xizmati

Uchrashuvda kompaniyaning O‘zbekistondagi faoliyatini kengaytirishning amaliy jihatlari muhokama qilindi.

Shuningdek, Jizzax viloyatida BYD’ning gibrid va elektr avtomobillari ishlab chiqarilishini tez fursatda yo‘lga qo‘yish hamda keyingi bosqichlarda uning quvvatini 300 ming donaga yetkazish masalalari ko‘rib chiqildi.

Ta’kidlanishicha, uchrashuvda mahsulot tannarxini kamaytirish uchun butlovchi va ehtiyot qismlarini mahalliylashtirish loyihalariga hamda avtomobillarni uchinchi mamlakatlar bozoriga eksport qilishni tashkil etishga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, BYD O‘zbekistonga elektrobuslarini yetkazib berishi qayd etildi. 

Elektrobuslarga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha muhandislik-servis markazlarini ochish rejalari qo‘llab-quvvatlanishi bildirildi.

Mavzuga oid