O‘zbekiston | 16:15 / 28.09.2023
16308
1 daqiqa o‘qiladi

Sergelida 26 ta ko‘p qavatli uydagi kvartiralar shikastlangan

Portlash natijasida Sergeli tumanidagi 26 ta ko‘p qavatli uydagi 592 ta xonadon hamda 8 ta xizmat ko‘rsatish shoxobchasi, bitta maktab va 2 ta bog‘cha binolarining fasad qismi hamda deraza-romlariga zarar yetgan.

Foto: Toshkent shahri hokimligi

Toshkent shahar hokimi Shavkat Umurzoqovning Sergeli tumanida yuz bergan favqulodda holat sabablarini o‘rganish, ko‘rilgan talafotlarni bartaraf etish va jabrlanganlarga yordam ko‘rsatish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar yuzasidan dastlabki axboroti e’lon qilindi. 

«Toshkent shahri Sergeli tumanida yuz bergan favqulodda holatdan jabrlangan aholining muammolarini tezkor bartaraf etish maqsadida 1205 qisqa raqamli Ishonch telefoni tashkil etildi.

Hududdagi 26 ta ko‘p qavatli uydagi 592 ta xonadon hamda 8 ta xizmat ko‘rsatish shoxobchasi, 1 ta maktab va 2 ta bog‘cha binolarining fasad qismi hamda deraza-romlariga zarar yetgani aniqlandi.

Shuningdek, hududdagi 24 ta ko‘p qavatli uy va 25 ta hovlining fasad, oyna-rom va tom qismi zarar ko‘rgan.

Qisqa muddatda turar joylar tiklanadi», deyiladi hokimlik xabarida.

Mavzuga oid