Sergelida yong‘inni o‘chirish ishlariga vertolyotlar jalb qilindi
Toshkent shahar Sergeli tumanida yuzaga kelgan kuchli yong‘inni o‘chirish ishlari davom etmoqda.
Jarayonga vertolyotlar ham jalb qilingan. Ijtimoiy tarmoqlarda havodan suv tashlayotgan vertolyotlar aks etgan kadrlar tarqaldi.
Bugun, 28 sentabr tungi vaqtda Toshkent shahar Sergeli tumani Quruvchilar dahasida joylashgan omborxonalarning birida portlash va yong‘in sodir bo‘ldi.
16 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji va 3 ta avtonarvon soat 02:48 da hodisa ro‘y bergan hududga yetib borgan.
FVV yong‘in soat 05:02 da qurshab olingani, yong‘in maydoni qisqartirilib borilayotgani haqida xabar berdi.
«Toshkent metropoliteni» xabariga ko‘ra, hodisa oqibatida yong‘in sodir bo‘lgan hududga yaqin bo‘lgan metropolitenning Yerusti halqa yo‘li «Quruvchilar» bekatining me’moriy qismiga yengil shikast yetgan.
Mavzuga oid
21:23 / 21.12.2024
Farg‘onadagi sexda yuz bergan yong‘in oqibatida bir kishi halok bo‘ldi
08:45 / 20.12.2024
Toshkentda yana bir yo‘lovchi avtobusida yong‘in chiqdi
23:26 / 18.12.2024
Toshkentda avtobus yonib ketdi
15:29 / 17.12.2024