Pekindagi Imperator saroyi muzeyida O‘zbekistonning 18 ta noyob eksponati taqdim etildi
Eksponatlar Gugun muzeyida namoyish etiladi.
“Bir makon, bir yo‘l” forumi doirasida Pekindagi Imperator saroyi muzeyida O‘zbekiston tarixi davlat muzeyi va O‘zbekiston Fanlar akademiyasi San’atshunoslik instituti sara to‘plamlariga mansub o‘n sakkizta noyob eksponat taqdim etildi.
Prezident yordamchisi Saida Mirziyoyevaning ma’lum qilishicha, eksponatlar Gugun muzeyida namoyish etiladi.
“Madaniy merosimizni dunyoning eng yirik muzeylaridan biri — bebaho tarixiy osori atiqalar saqlanadigan Gugun muzeyida namoyish etish uchun imkoniyat yaratgan va bunda ishtirok etgan, o‘z hissasini qo‘shgan barchaga samimiy minnatdorlik bildiraman”, deydi u.
Qayd etilishicha, ana shunday imkoniyat va tashabbuslar tufayli O‘zbekiston o‘zining boy o‘tmishini dunyo jamoatchiligiga namoyon etyapti.
Mavzuga oid
02:08
Saida Mirziyoyeva: «Kelgusi yil uchun belgilangan vazifalar ko‘lami juda keng»
20:49 / 19.12.2024
Saida Mirziyoyeva Prezident administratsiyasida o‘quvchi yoshlar bilan uchrashdi
19:14 / 12.12.2024
Saida Mirziyoyeva ko‘rishda nuqsoni bo‘lgan samarqandlik bolalar bilan uchrashdi
13:12 / 11.12.2024