Jahon | 15:17 / 03.10.2023
5113
1 daqiqa o‘qiladi

Ozarboyjonda Turkiya va Gurjiston bilan hamkorlikda harbiy mashqlar boshlandi

Mashg‘ulotlar Ozarboyjon, Turkiya va Gurjiston harbiylari ishtirokida o‘tkazilmoqda.

Foto: Anadolu Agency

Bokuda Ozarboyjon, Turkiya va Gurjiston harbiy xizmatchilari ishtirokida Eternity-2023 kompyuter vositalari yordamida qo‘llab-quvvatlanadigan qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashg‘ulotlari boshlandi, deb xabar qilmoqda Ozarboyjon Mudofaa vazirligi. 

Mashqlar Milliy mudofaa universiteti Harbiy boshqaruv instituti Harbiy o‘yinlar markazida o‘tkazilmoqda. 

Nazariy va amaliy qismlardan iborat o‘quv mashg‘ulotlarida uch davlat harbiy xizmatchilari hamda tegishli davlat idoralari vakillari ishtirokida strategik ahamiyatga ega va mintaqaviy iqtisodiy loyihalarni himoya qilishni tashkil etish bo‘yicha topshiriqlar bajariladi. 

6 oktyabrga qadar davom etadigan mashg‘ulotlardan ko‘zlangan asosiy maqsad uch davlat qurolli kuchlari o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikni mustahkamlash va hamjihatlikni ta’minlashdan iborat. 

Mavzuga oid