Abdumalik Xalokov chempionlik haqida: «Osiyo O‘yinlarida viloyat chempionatini yutgandek g‘olib bo‘ldim»
Osiyo O‘yinlari-2022da O‘zbekiston sport delegatsiyasiga yana bitta oltin medalni keltirgan bokschimiz Abdumalik Xalokov finaldan so‘ng taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi.
-57 kg vazn toifasida ishtirok etgan 23 yoshli charmqo‘lqop ustasi finalda yaponiyalik Shudai Xaradani katta ustunlik bilan mag‘lubiyatga uchratib, turnir g‘olibiga aylandi.
«Tabriklar uchun rahmat! Hissiyotlar juda ham a’lo! Bu yerga Parij-2024 litsenziyasini qo‘lga kiritish va chempionlik bilan O‘zbekiston bayrog‘ini yuqoriga ko‘tarish uchun kelgandik. Buni uddalaganimdan juda ham xursandman. Umuman, bokschilar yaxshi natijalarga erishib, jamg‘armamizga oltin medallarni qo‘shishni maqsad qilgandik.
Janglarim nisbatan osonroq bo‘lganiga har bir jangga murabbiylarimiz bilan alohida tayyorgarlik ko‘rganimiz ham sabab bo‘ldi. Har bir raqibni mag‘lub etish uchun o‘zini kaliti bor, ustozlarim, Davron aka buni topdilar, men esa bajardim. Natija esa yaxshi bo‘ldi.
O‘zi Osiyo O‘yinlari oldidan o‘zimni juda yaxshi his qildim. Murabbiyim Davron akaga turnir oldidan: «Davron aka, ko‘rasiz, shu Osiyo O‘yinlarini Toshkent viloyat chempionatini yutgandek, yutaman», deb aytgandim. Allohga behisob shukurki, xuddi shunday bo‘ldi. Birorta jangda qiynalmadim.
Ringda birinchi yoki ikkinchi raqam bo‘lib harakat qilamanmi yoki yo‘q – eng avvalo murabbiylarimni eshitaman. Murabbiyni eshitmagan bokschi yutqazadi.
Avvalombor, buvijonim, ota-onamga katta rahmat demoqchiman. Duo qilib turishdi, xavotirlanishdi. Shunday duogo‘ylarim borligidan Allohga behisob shukur. Xalqimizga, prezidentimizga minnatdorchilik bildiraman. Bu faqat meni emas, O‘zbekiston xalqining g‘alabasi. Chunki ularning duolari sabab biz shu darajaga yetdik. Ularga mingdan ming rahmat», - deydi Buxoro boks maktabi tarbiyalanuvchisi Abdumalik Xalokov.
Mavzuga oid
08:47 / 22.12.2024
Usik Fyurini yana yengdi
21:57 / 18.12.2024
Fyuri va Usik boks jangida ilk marta sun’iy intellektga asoslangan hakam bo‘ladi
04:18 / 15.12.2024
Murodjon Ahmadaliyev nokaut bilan g‘alaba qozonib, kamar sohibiga aylandi
15:42 / 13.12.2024