«To‘g‘risini aytsam, bir kun oldin o‘zimni yaxshi his qilmagandim». Bahodir Jalolov chempionlik haqida
Tokio-2020 Olimpiadasi va ikki karra jahon chempioni Bahodir Jalolov yutuqlari ro‘yxatiga Osiyo O‘yinlari g‘olibligini ham qo‘shib qo‘ygach, ilk taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi.
Eng og‘ir vazn toifasida (+92) yurtimiz sharafini himoya qilgan 29 yoshli bokschimiz finalda qozog‘istonlik prinsipial raqibi 31 yoshli Qamshibek Qo‘nqaboyevga qarshi ringga ko‘tarilib, g‘alabaga erishgan holda Hangjou-2022 oltin medaliga ega chiqdi.
«Avvalambor, meni qo‘llab-quvvatlagan barchaga rahmat. Alhamdulillah, oltin medalni qo‘lga kiritdik. To‘g‘risi, bir kun oldin turli sabablarga ko‘ra o‘zimni yaxshi his qilmagandim. Xudoga shukur, g‘alaba qozondik. Bizni qo‘llab-quvvatlaganlardan minnatdorman», - deydi Bahodir Jalolov chempionlik jangidan keyin «Sport TV» muxbiriga.
Ma’lumot uchun, Bahodir Jalolov Qo‘nqaboyevni 4:0 hisobida mag‘lub etdi. Hamyurtimiz ushbu bokschiga qarshi o‘tkazgan 10ta jangidan 7tasida g‘alabaga erishdi.
Avvalroq, Jalolov chorakfinalda tojikistonlik Muhammadjon Abroriddinovni, yarimfinalda esa xitoylik Bayikevuzi Danabiyekeni 1-raunddayoq nokaut bilan mag‘lubiyatga uchratishga erishgan va final yo‘llanmasi bilan birga Parij-2024 Olimpiadasi yo‘llanmasiga ega chiqqandi.
Shu tariqa, boks bo‘yicha O‘zbekiston milliy jamoasi Xitoydagi turnirda jami 5ta medal – 3ta oltin va 2ta bronzani qo‘lga kiritib, umumjamoa hisobida Xitoydan keyingi 2-o‘rinni egalladi. Sport delegatsiyamizning turnirdagi oltinlari esa 19taga, jami medallari esa 60taga yetib, vakillarimiz umumjamoa hisobida 5-o‘rinda bormoqda.
Mavzuga oid
08:47 / 22.12.2024
Usik Fyurini yana yengdi
21:57 / 18.12.2024
Fyuri va Usik boks jangida ilk marta sun’iy intellektga asoslangan hakam bo‘ladi
04:18 / 15.12.2024
Murodjon Ahmadaliyev nokaut bilan g‘alaba qozonib, kamar sohibiga aylandi
15:42 / 13.12.2024