O‘zbekiston | 12:39 / 09.10.2023
13024
2 daqiqa o‘qiladi

«O‘zbekkonsert» direktori o‘zgardi

Sanjar Erdanov «O‘zbekkonsert» direktori vazifasini vaqtincha bajaruvchi etib tayinlandi.

Foto: O‘zbekkonsert

«O‘zbekkonsert» davlat muassasasining 2023 yildagi 9 oylik faoliyati yakunlariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Madaniyat vaziri birinchi o‘rinbosari Bahodir Ahmedov raisligida o‘tgan yig‘ilishda muassasa rahbari vazifasini bajarib kelgan Davron Sheraliyev boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan vazifasidan ozod etilgani ma’lum qilindi.

Shu paytga qadar direktorning ijodiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari vazifasida faoliyat yuritib kelgan Sanjar Erdanov «O‘zbekkonsert» davlat muassasasi direktori vazifasini vaqtincha bajaruvchi etib tayinlandi.

Shundan so‘ng, muassasa markaziy apparati va barcha hududiy bo‘limlarning hisoboti eshitilib, natijalar tahlil qilindi. O‘z faoliyatida kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan hududiy bo‘lim rahbarlarining ayrimlari oxirgi marotaba ogohlantirildi, ayrimlariga hayfsan berildi. Joriy yil yakunigacha ish faoliyatida ijobiy natijaga erishish zarurligi ta’kidlanib, o‘zgarish bo‘lmasa, vazifasidan ozod etilishi yuzasidan ogohlantirildi.

Mavzuga oid