Sport | 20:20 / 13.10.2023
13418
1 daqiqa o‘qiladi

O‘rtoqlik o‘yini. O‘zbekiston milliy jamoasi Viyetnam ustidan g‘alabaga erishdi

O‘zbekiston milliy jamoasi FIFA kunlari doirasida Xitoyda o‘tkazayotgan yig‘inida dastlabki o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazdi.

Srechko Katanets shogirdlari Dalyan shahrida Viyetnamga qarshi bahsda maydonga tushib, g‘alabaga erishdi. Oston O‘runov hisobni ochgan bo‘lsa, Husniddin Aliqulov ikkinchi bo‘limda ikkinchi golga mualliflik qildi – 2:0.

Milliy jamoamiz 16 oktyabr kuni navbatdagi o‘rtoqlik bahsida Xitoyga qarshi maydonga tushadi.

O‘rtoqlik uchrashuvi. Xitoy, Dalyan.

Viyetnam – O‘zbekiston – 0:2
Gollar: 
Oston O‘runov 26, Husniddin Aliqulov 66.

O‘zbekiston: 1.O‘tkir Yusupov (Botirali Ergashev, 46), 3.Hojiakbar Alijonov (22.Abbos Fayzullayev, 58), 5.Rustam Ashurmatov (14.Abduqodir Husanov, 58), 13.Sherzod Nasrullayev (4.Farrux Sayfiyev, 46), 15.Umar Eshmurodov (2.Alibek Davronov, 79), 23.Husniddin Aliqulov (18.Abdulla Abdullayev, 78), 6.Aziz G‘aniyev (Aziz Turg‘unobev, 46), 9.Odil Hamrobekov (7.Otabek Shukurov, 46), 10.Jaloliddin Masharipov (Jasur Yaxshiboyev, 58), 11.Oston O‘runov (8.Jamshid Iskanderov, 46), 21.Igor Sergeyev (17.Bobur Abdixoliqov, 46).

Mavzuga oid