Surxondaryo viloyatida teplovoz Spark bilan to‘qnashdi
Poyezd yo‘lovchilari jabrlanmagan, avtomobil haydovchisi shifoxonada vafot etgan.
18 oktyabr kuni Surxondaryo viloyatidagi temiryo‘l kesishmasida teplovoz Spark avtomashinasi bilan to‘qnashib ketdi. Bu haqda «O‘zbekiston temiryo‘llari» AJ axborot xizmati xabar berdi.
YTH Sho‘rchi-Xayrobod uchastkasidagi qo‘riqlanmagan temiryo‘l kesishmasida sodir bo‘lgan. U yerda yo‘l belgilari va signalizatsiya o‘rnatilgan. Poyezd favqulodda tormozlanganiga qaramay, mazkur hodisa ro‘y bergan. Hodisaga avtomashina haydovchisi tomonidan harakatlanish qoidasi qo‘pol ravishda buzilgani sabab bo‘lgani aytilgan.
To‘qnashuv oqibatida teplovoz biroz shikastlangan, poyezd yo‘lovchilari jabrlanmagan. Spark haydovchisi shifoxonaga yetkazilgan va ko‘rsatilgan yordamga qaramay, vafot etgan.
Hozirda huquq-tartibot idoralari voqea yuzasidan tekshiruv olib bormoqda.
Mavzuga oid
16:19 / 24.12.2024
Tanqiddan so‘ng: 2 bolaning o‘limiga sababchi bo‘lgan haydovchi 3 yilga ozodlikdan mahrum qilindi
08:12 / 24.12.2024
Toshkentda uchta avtomashina ishtirokida YTH sodir bo‘ldi
19:07 / 18.12.2024
Samarqandda avtobus piyodani urib yubordi
13:20 / 17.12.2024