O‘zbekiston | 16:55 / 24.10.2023
4888
4 daqiqa o‘qiladi

ICTEXPO 2023da Mobiuz O‘zbekistonda ilk bor VoWiFi va Easy Macro texnologiyalarini namoyish etmoqda

Foto: Mobiuz

Mamlakatimiz uchun yangi bo‘lgan ushbu texnologiyalarni 24-27 oktabr kunlari Toshkentdagi “CAEx” ko‘rgazmalar majmuasidagi Mobiuz stendida ko‘rish mumkin.

O‘zbekiston axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi yutuqlarning an’anaviy ko‘rgazmasi keng ko‘lamli AKT haftaligi – ICTWEEK 2023 doirasida o‘tkazilmoqda. Haftalik bir qator tadbirlar (sammitlar, forumlar, biznes uchrashuvlar, mehnat yarmarkasi va boshqalar)ni qamrab olgan hamda “Raqamli O‘zbekiston – 2030” Strategiyasi maqsadlariga erishish yo‘lidagi muhim qadam bo‘lishi ko‘zda tutilgan.

Mamlakatimizning Mobiuz mobil operatori ICTWEEKning faol ishtirokchilaridan biri hisoblanadi. Har yili kompaniya O‘zbekiston uchun yangi texnologik yechimlarni namoyish etishga va ularni joriy etishga intiladi. Xususan, 2022 yilda Mobiuz ilk marta VoLTE va ViLTE texnologiyalarining amalda ishlashini ko‘rsatgan edi. Natijada esa 2023 yilning iyun oyida kompaniya O‘zbekistonda birinchi bo‘lib VoLTEʼni ishga tushirdi, 2023 yilning oktabr oyida esa barcha hududlarda ViLTEʼni muvaffaqiyatli joriy etdi.

Bu yil ham Mobiuz ICTEXPO 2023 ko‘rgazmasida O‘zbekiston uchun innovatsion texnologiyalar – VoWiFi hamda Easy Macroʼni namoyish etmoqda.

VoWiFi (Voice over Wi-Fi iborasining qisqartmasi) – bu internet orqali qo‘ng‘iroq qilish texnologiyasidir. U qo‘ng‘iroqlarni amalga oshirish uchun tayanch stansiyasi sifatida Wi-Fi routerdan foydalanadi hamda uyali tarmoq signallarini qabul qilish qiyin bo‘lgan joylarda va sharoitlarda (binolar ichida, ko‘p qavatli binolarda, aholisi zich joylarda, yomon ob-havo bo‘lganda va h.k.) yuqori sifatni ta’minlab turadi.

Easy Macro – bu uyali aloqani tezda yo‘lga qo‘yish, tarmoq sig‘imini oshirish va abonentlarni o‘ta sifatli signal bilan ta’minlashga yordam beradigan ixcham tayanch stansiyalaridir. Easy Macro uskunasi juda ixcham, yengil va ko‘zga tashlanmaydi. Uni joylashtirish uchun ustunlar, binolarning yuzasi va tomlari, reklama peshtaxtalari va boshqalardan foydalanishi mumkin.

ICTEXPO 2023 ko‘rgazmasiga tashrif buyuruvchilar VoWiFi texnologiyasini bevosita ko‘rishlari va Easy Macro tayanch stansiyasi namunasi bilan tanishib chiqishlari mumkin. Shuningdek, kompaniya stendida chiroyli raqamlar va operatorning manfaatli tarif rejalarini ulash, mobil aloqaning barcha masalalari bo‘yicha maslahat va yordam olish mumkin.

ICTEXPO 2023 ko‘rgazmasidagi Mobiuz stendi mehmonlari umumiy sovrin jamg‘armasi 50 million so‘mni tashkil qiluvchi tanlovda ham ishtirok etishi mumkin. Uning shartlari Mobiuz Instagram-akkauntida joylashtirilgan.

Ko‘rgazma manzili: Toshkent shahri, Mirzo Ulug‘bek tumani, “Barkamol” MFY, Milliy Bog‘ ko‘chasi, 1. Mo‘ljal: «Yangi O‘zbekiston» bog‘iga yetmasdan chapda, CAU universiteti yonida.

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid