O‘zbekiston | 00:19 / 27.10.2023
8786
1 daqiqa o‘qiladi

Rossiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi fuqarolikni rasmiylashtirishni vaqtinchalik to‘xtatdi

Bunga yangi nizom qabul qilinishi sabab ekani ko‘rsatilgan.

Foto: Rossiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi

Rossiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi fuqarolik olish uchun arizalarni qabul qilishni vaqtincha to‘xtatdi. Bu haqda diplomatik vakolatxona xabar berdi.

«Fuqarolik masalalari bo‘yicha arizalarni qabul qilish (fuqarolikning mavjudligi/yo‘qligi to‘g‘risida so‘rovlar bundan mustasno) «Fuqarolik masalalarini ko‘rib chiqish tartibi to‘g‘risida»gi nizom qabul qilingunga qadar to‘xtatiladi», deyiladi xabarda.

Yangi nizom qachon qabul qilinishi haqida xabarda ma’lumot berilmagan.

Avvalroq, Rossiya ichki ishlar vaziri Vladimir Kolokolsev noqonuniy migratsiyaga qarshi kurashga bag‘ishlangan yig‘ilishda migrantlar Rossiyada qolish uchun turli noqonuniy sxema va usullardan foydalanayotgani haqida ma’lum qilgan edi. Unga ko‘ra, xorijliklar soxta nikoh tuzmoqda, rus tili bo‘yicha soxta imtihonlar topshirmoqda, shuningdek, o‘qishga soxta taklifnomalar chop etmoqda.

Mavzuga oid