O‘zbekiston | 09:37 / 04.11.2023
20212
3 daqiqa o‘qiladi

“Avto 60 oy” ishida fuqarolarga yetkazilgan 12 mlrd so‘m zarar qoplanmay qolgani ma’lum bo‘ldi

Ish doirasida ayblanib, 8 yilga ozodlikdan mahrum qilingan jinoiy guruhning rahbari Jamshid Bahodirov esa “namunali xulqi” uchun ozodlikka chiqqan. U ayni damda ham yuzlab odamlarni bir necha milliard so‘mga chuv tushirgani aytilmoqda.

Foto: Ijtimoiy tarmoqlar

Bosh prokuratura xuzuridagi Majburiy ijro byurosi matbuot xizmatining Kun.uz’ga ma’lum qilishicha, Jinoyat ishlari bo‘yicha Chilonzor tuman sudining tegishli ijro varaqalariga asosan, “Avto oltmish oy” MChJ mansabdor shaxslari J.Bahodirov, O.Mirzayev, M.Gulmirzayeva, M.Hakimova va E.Qurbonovlardan solidar tartibda 15 ming 761 nafar undiruvchilar foydasiga jami 44 mlrd 471 mln so‘m yetkazilgan zararni undirish va undiruvni tergov davomida xatlangan mol-mulklarga qaratish belgilangan.

Byuroning Toshkent shahar boshqarmasi tomonidan olib borilgan ijro harakatlari davomida jabrlanuvchilarga jami 26,7 mlrd so‘m undirib berilgan. Undirilishi lozim bo‘lgan zarar ayni kunda 12 mlrd 905 mln so‘mni tashkil qilmoqda.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Chilonzor tuman sudining 2021 yil 29 martdagi hukmi bilan “Avto oltmish oy” MChJ rahbari Jamshid Bahodirov 8 yilga ozodlikdan mahrum etilgandi.

J.Bahodirov JIB Nishon tuman sudining ajrimi bilan 2021 yil noyabr oyida umumiy tartibli koloniyadan manzil-koloniyaga o‘tkazilgan. U manzil-koloniyada 8 oy davomida “o‘zini yaxshi tutgani va tuzalish yo‘liga o‘tgani uchun” ijobiy tavsifnoma oladi hamda JIB Bo‘ka tuman sudining ajrimi bilan uning o‘talmay qolgan 5 yildan ko‘proq “muddati” axloq tuzatish ishlari jazosiga almashtirilgan.

Kun.uz surishtiruvida aniqlanishicha, yana bir jinoiy guruh “oson shartlarda” avtomobil va uy-joy olib berishni va’da qilib, fuqarolarni katta mablag‘ga chuv tushirgan. Bu safargi aldov Instagram sahifasida Xumo vines nomi bilan tanilgan vayner shaxsidan foydalanib amalga oshirilgan. Ucharlar jamoasi tarkibida “Avto 60 oy” ishida 8 yilga qamalib, 2 yil-u 10 oy “o‘tirib” chiqqan Jamshid Bahodirov ham bor

Mavzuga oid