O‘zbekiston | 22:55 / 06.11.2023
29239
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda yangi yo‘l o‘tkazgich tanklar bilan sinab ko‘rildi 

Sinov natijalariga ko‘ra yo‘l o‘tkazgich mustahkam ekani aniqlangan. 

Foto: Transport vazirligi axborot xizmati

Toshkent shahrining Bobur ko‘chasi va «Toshkent» xalqaro aeroportini bog‘lovchi yo‘l o‘tkazgichning birinchi bosqich qurilish-montaj ishlari yakunlandi. Bu haqda Transport vazirligi xabar berdi. 

Qayd qilinishicha, yo‘l o‘tkazgich amalda sinab ko‘rilgan. Undan 4 ta avtotreyler (har biri 35 tonna) va 4 ta harbiy tank (har biri 40 tonna) o‘tkazilib, 300 tonna yuklama berilgan. 

Sinov natijalariga ko‘ra yo‘l o‘tkazgich mustahkam ekani, berilgan yuklamadan ham ortig‘iga bardoshli ekani aniqlangan.

Mavzuga oid