O‘zbekiston, Turkmaniston, Eron va Turkiya yangi xalqaro transport yo‘lagini shakllantirish yuzasidan kelishib oldi
Osiyo-Tinch okeani mintaqasi davlatlaridan Yevropa Ittifoqi mamlakatlarigacha O‘zbekiston, Turkmaniston, Eron, Turkiya hududlari orqali yuk tashish tashkil etiladi.
Iqtisodiy hamkorlik tashkilotiga a’zo mamlakatlar transport vazirlarining 12-yig‘ilishi doirasida O‘zbekiston, Turkmaniston, Eron va Turkiya transport sohasidagi manfaatdor vazirliklarining Osiyo va Yevropa o‘rtasida xalqaro multimodal yo‘lagini shakllantirish bo‘yicha ko‘p tomonlama uchrashuvi bayonnomasi imzolandi.
Transport vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, «O‘zbekiston – Turkmaniston – Eron – Turkiya» xalqaro multimodal yo‘lagini shakllantirish bo‘yicha imzolangan bayonnoma quyidagilarni nazarda tutadi:
- Osiyo-Tinch okeani mintaqasi davlatlaridan Yevropa Ittifoqi mamlakatlarigacha O‘zbekiston, Turkmaniston, Eron, Turkiya hududlari orqali yuk tashishlarni tashkil etish;
- raqobatbardosh tarif stavkalarini qo‘llash va O‘zbekiston, Turkmaniston, Eron va Turkiya temiryo‘llarida yuk tashish uchun qulay sharoitlar yaratish;
- yo‘nalish bo‘ylab yuk tashishlarni tashkil etishda normativ-huquqiy va texnik standartlarni birxillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlarni hamkorlikda ishlab chiqish;
- yo‘lak ishtirokchi-davlatlari o‘rtasida transport sohasidagi bog‘liqlikni oshirish.
Mavzuga oid
16:10 / 21.12.2024
Londonda O‘zbekiston transport tizimini 2035 yilgacha rivojlantirish strategiyasi taqdim etildi
10:31 / 20.12.2024
Belgradda jamoat transporti bepul bo‘ladi
10:24 / 12.12.2024
Toshkentning ayrim ko‘chalarida transport harakati cheklandi
12:50 / 29.11.2024